Nkunku "Bavariya"ga transferini tezlashtirmoqchi
"Chelsi" hujumchisi Kristofer Nkunku imkon qadar tezroq "Bavariya"ga o‘tishni istamoqda, deya xabar beradi «Sky Sport» jurnalisti Florian Plettenberg.
Manba bergan xabarga ko‘ra, myunxenliklar ham, futbolchining o‘zi ham ijara variantiga qiziqish bildirmayapti, balki uning to‘liq transfer bo‘lishini istamoqda. Shaxsiy shartnoma shartlari allaqachon kelishilgan.
"Bavariya" sport direktori Maks Eberl "Chelsi" vingeri Matis Tel London klubiga o‘tmasa ham, Nkunku transferini yakunlamoqchi.
"Chelsi" 2023 yilning yozida Nkunku uchun "Leypsig"ga 60 million yevro to‘lagan.