«Barselona» Arauxoni ayblamoqda
«Barselona» markaziy himoyachisi Ronald Arauxo klubdan ketishi mumkinligi haqidagi ma’lumot Ispaniya Superkubogi finalida «Real»ga qarshi o‘yin oldidan ommaviy axborot vositalarida paydo bo‘lganidan norozi. Bu o‘yin bugun, 12 yanvar kuni bo‘lib o‘tadi.
Manbaga ko‘ra, «Barselona» rahbariyati Arauxo mazkur ma’lumotning o‘yindan oldin matbuotga chiqishining oldini olishi kerak edi, deb hisoblaydi. Kataloniya klubida himoyachi jamoadan ketish istagini rasman bildirmagan bo‘lsa-da, bunday xabarlar uning «Yuventus» bilan norasmiy muzokaralar olib borganidan dalolat berishi mumkin, deb taxmin qilinmoqda.
«Ko‘k-anorranglilar» safida bu kabi ma’lumotlar jamoa kayfiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi aytilmoqda. Shu sababli, ular urugvaylik futbolchini «Real»ga qarshi o‘yin uchun ro‘yxatga kiritish maqsadga muvofiqmi-yo‘qmi, deb o‘ylashmoqda.