Yevropa futbol klublari FIFPro bilan birgalikda FIFAni sudga berishadi
Dushanba kuni Yevropa futbol klublari va FIFPro rahbarlari birlashib, FIFA rahbariyati ustidan monopoliyaga qarshi organga shikoyat qilishdi. Bu haqda ESPN xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, FIFPro va Yevropaning 37 ligasi birgalikda Bryusseldagi Yevrokomissiyaga shikoyat arizasi bilan murojaat qilgan, unda ular jahon futbolining boshqaruv organi FIFA turnir tashkilotchisi sifatida o‘z vakolatlarini suiiste’mol qilayotgani va futbolchilarning farovonligi haqida qayg‘urmasligini da’vo qilgan.
Bu ish mehnat qonunlari va futbolchilarning dam olish huquqiga tegishli. Ularning maqsadlaridan biri o‘yinchilarni sog‘lomlashtirish uchun majburiy dam olish davrini yiliga 3-4 haftani belgilashdir.