"Everton" direktori Moyesning tayinlanishiga munosabat bildirdi
"Everton" ijrochi direktori Mark Uotts Devid Moyesning qaytishiga munosabat bildirdi. Mutaxassis yana bosh murabbiy etib tayinlandi. Bu haqda 11 yanvar kuni ma’lum bo‘ldi.
"Moyes qaytganidan xursandmiz. Uning boy tajribasi bor. Biz uning ishga kirishini intiqlik bilan kutamiz. Ishonchimiz komilki, Moyes o‘zini yetakchi sifatida ko‘rsatishiga ishonamiz", - deya Uottsning so‘zlarini keltiradi klub matbuot xizmati rasmiy saytida.