"Barselona" "Yuventus" taklifini rad etdi
"Barselona" markaziy himoyachi Ronald Arauxoni "Yuventus"ga sotishdan bosh tortdi.
Turin klubi 25 yoshli futbolchiga asosiy da’vogar sifatida ko‘rilmoqda, biroq ular haligacha “ko‘k-anorranglilar”ning talabini qondira olishmadi. Jurnalist Fernando Polo xabariga ko‘ra, "Barselona" "Yuventus"ning Arauxo bo‘yicha birinchi rasmiy taklifini rad etgan.
Kataloniya grandi urugvaylikni faqat futbolchining o‘zi qo‘yib yuborishni so‘ragan taqdirdagina va 70 million yevroga yaqin summaga sotishni ko‘rib chiqadi.
Arauxoning "Barselona" bilan shartnomasi 2026 yilning o‘rtalariga qadar amal qiladi. Himoyachi yaqinda jarohatidan forig‘ bo‘ldi, shuning uchun u mavsum boshidan buyon faqat bitta o‘yinda maydonga tushdi.