Dest: "PSVda darhol qo‘llab-quvvatlanishimni his qildim"
PSV himoyachisi Serjinyo Dest intervyu berib, faoliyatidagi eng qiyin damlarni esladi.
- Men "Milan"da kam o‘ynadim va bu klub haqida hech narsani tushunmadim. PSVda men darhol boshqa o‘yinchilar va butun jamoa, jumladan, murabbiyning qo‘llab-quvvatlashini his qildim. Bu yerda osoyishta muhit hukm suradi, bu esa asosiy narsaga, o‘yinga e’tibor qaratishga imkon beradi", deya Dest so‘zlarini keltiradi pianetamilan.it.
PSV ayni damda Niderlandiya chempionatida peshqadamlik qilmoqda.