Rossiya va Ozarbayjon terma jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazilmaydi
Rossiya va Ozarbayjon terma jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘yicha muzokaralar to‘xtatildi.
“UEFAning so‘nggi yig‘ilishlaridan birida RFI va AFFA vakillari 2025-yilning bahor-yozida Rossiya va Ozarbayjon terma jamoalari o‘rtasida bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘rtoqlik uchrashuvini muhokama qilishdi.
Ikki federasiya o‘rtasidagi hamkorlikning boshqa masalalari ham muhokama qilindi. Terma jamoalar o‘rtasida o‘rtoqlik o‘yini bo‘yicha rasmiy muzokaralar o‘tkazilmagan.
Ozarbayjon prezidenti Aliyevning so‘nggi bayonotlari va Rossiya bilan munosabatlari keskinlashgani sababli AFFA ehtimoliy o‘yin masalasini vaqtincha to‘xtatib qo‘ydi”, — dedi manba.