Gavi golni o‘z sherigiga bag‘ishladi
"Barselona" yarim himoyachisi Gavi o‘z golini jamoadoshi Dani Olmoga bag‘ishlaganini tan oldi.
20 yoshli yarim himoyachi Ispaniya Superkubogi yarim finalida bir yarim yil ichidagi ilk golini urdi.
"Men golni finalda o‘ynashi mumkin bo‘lgan Olmoga bag‘ishladim. Gol urganimdan juda xursandman va g‘alabadan mamnunman", dedi Gavi o‘yindan keyin OAV vakillari bilan suhbatda.