Postekoglu: "Kinski shunchaki ajoyib ish qildi"
"Tottenxem" bosh murabbiyi Anje Postekoglu Antonin Kinskining jamoadagi debyut uchrashuvidagi o‘yini haqida fikr bildirdi.
Bir necha kun oldin “shporlar” bilan shartnoma imzolagan 21 yoshli chexiyalik futbolchi Liga kubogi yarim finalida “Liverpul”ga qarshi o‘yinda (1:0) o‘z darvozasi dahlsizligini saqlab qoldi. Boz ustiga, darvozabon raqiblarining yettita zarbasini qaytardi.
“Ajoyib, ajoyib. Shartnoma imzolashdan oldin u bilan gaplashganimda, o‘ziga ishongan odam ekanidan hayratda qoldim.
Bugun men unga juda katta vazifani qo‘ydim - yarim finalda, ehtimol, dunyoning eng yaxshi jamoasiga qarshi o‘ynash.
U shunchaki ajoyib ish qildi. Endi biz klub nega uni sotib olishga intilayotganini tushunamiz”, dedi Postekoglu o‘yindan keyingi intervyusida.