Peti Ronaldu haqida: "Gohida tilni tiygan ma’qul"
Fransiya terma jamoasida jahon va Yevropa chempioni, "Barselona", "Arsenal" va "Chelsi" klublarining sobiq futbolchisi Emmanuel Peti Krishtianu Ronalduning Fransiya chempionati haqidagi so‘zlarini tanqid qildi.
Globe Soccer Awards marosimida "An-Nasr" forvardi Saudiya chempionati Fransiyadan yaxshiroq ekanini aytdi.
"Krishtianu Liga 1ni qattiq tanqid qilib, Saudiya chempionati kuchliroq ekanini aytdi. Men Ronalduning faoliyatiga va uning futbolga ta’siriga katta hurmat bilan qarayman, lekin ba’zida e’tiborni jalb qilishdan ko‘ra jim turgan ma’qul", - dedi Peti Goal bilan suhbatda.