«Barselona» Yamaldagi jarohatlarni minimallashtirish strategiyasini ishlab chiqdi
«Barselona» 17 yoshli hujumchi Lamin Yamalning jarohatini minimallashtirish strategiyasini ishlab chiqdi. Bu haqda "Sport.es" xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, klub 17 yoshli futbolchini ortiqcha yuklamaslik uchun Yamalning o‘yin vaqtini kamaytirishga qaror qilgan. Qayd etilishicha, «Barselona» shifokorlari va murabbiylar shtabi Yamalning o‘yin vaqtini shunday tartibga soladiki, u yuqori darajadagi o‘yinlarga jismoniy charchoqsiz va ortiqcha yuk jarohatlari xavfisiz yaqinlashadi.
Yamal joriy mavsumda klub safida barcha turnirlarda 11 ta o‘yin o‘tkazib, 5 ta gol va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.