Kristensen kelajagi haqida gapirdi
Kataloniyaning "Barselona" klubi himoyachisi Andreas Kristensen "ko‘k-anorranglilar" endi uning xizmatlaridan manfaatdor emasligi haqidagi xabarga izoh berdi.
"Ijobiy narsalar haqida o‘ylashni davom ettirish kerak. Klub menga bu haqda hech narsa demadi. Ular faqat muvaffaqiyatli tiklanishimni aytishdi. Meni kutishmoqda", - deydi daniyalik futbolchi.
Andreas Kataloniya grandi safini 2022 yil yozida erkin agent sifatida to‘ldirgan edi. U "Barselona" tarkibida 75 ta o‘yin o‘tkazdi, to‘rtta gol urdi va uchta assist qildi. Tomonlar o‘rtasidagi amaldagi mehnat shartnomasi 2026 yil yozida tugaydi.