«Barsa» himoyachisi: «Ha, klubda qolaman»
«Barselona» markaziy himoyachisi Andreas Kristensen jamoani tark etadimi yoki yo‘qligini aytdi.
«Men «Barsa»da qolamanmi? Ha, men qolaman», - dedi Kristensen.
Avvalroq, 28 yoshli daniyalik Kataloniya klubining rejalariga deyarli kiritilmagani haqida ma’lumotlar paydo bo‘lgandi.
Kristensen joriy mavsumda atigi 1 ta o‘yin o‘tkazdi.