Vidich: "Yaxshi o‘ynasang, ko‘p klublar qiziqish bildira boshlaydi"
"Manchester Yunayted"ning sobiq himoyachisi Nemanya Vidich "mankunianliklar" bilan shartnoma imzolashdan oldin qayerga ketishi mumkinligini aytdi.
“Yaxshi o‘ynasang, ko‘p klublar qiziqish bildira boshlaydi. "Fiorentina" meni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi edi, men u yerga ko‘chib o‘tishga rozi bo‘lgandim, keyin "Liverpul" men uchun keldi va Fergyuson menga qo‘ng‘iroq qilganidan uch hafta o‘tib, "Manchester Yunayted"ga keldim", - deya Vidichning so‘zlarini keltiradi Sky Sports.