"Manchester Yunayted"ning sobiq himoyachisi Nemanya Vidich "mankunianliklar" bilan shartnoma imzolashdan oldin qayerga ketishi mumkinligini aytdi.
“Yaxshi o‘ynasang, ko‘p klublar qiziqish bildira boshlaydi. "Fiorentina" meni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi edi, men u yerga ko‘chib o‘tishga rozi bo‘lgandim, keyin "Liverpul" men uchun keldi va Fergyuson menga qo‘ng‘iroq qilganidan uch hafta o‘tib, "Manchester Yunayted"ga keldim", - deya Vidichning so‘zlarini keltiradi Sky Sports.