Mbappe "Real"da ikkinchi asosiy penalti tepuvchi bo‘lib qolmoqda
"Real" hujumchisi Kilian Mbappe yaqin orada yana penalti tepishi mumkin.
Fransiyalik futbolchi "Liverpul" va Bilbaoning "Atletik" klublariga qarshi o‘yinlarda penaltidan foydalana olmagan va buning uchun uni qattiq tanqid qilishgan. Defensacentral ma’lumotlariga ko‘ra, Mbappe foydalana olmagan imkoniyatlariga qaramay, "Los Blankos"ning ikki asosiy penaltichisi bo‘lib qolmoqda. Birinchisi - Vinisius Junior.
Kilian Mbappe joriy mavsumda Karlo Anchelotti jamoasi safida 24 ta o‘yinda maydonga tushib, 14 ta gol va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.