Dunyoning eng kuchli chempionatlari reytingi e’lon qilindi
Opta dunyoning eng kuchli ligalari reytingini yangiladi.
Sport tahlillari kompaniyasi dunyoning top-20 ligalari ro‘yxatining yangi versiyasini taqdim etdi. Reytingni tuzishda asosiy mezon barcha jamoalarning o‘rtacha kuchi bo‘ldi: klublar 0 dan 100 gacha bo‘lgan shkala bo‘yicha ball oldi.
Eng yaxshi o‘nta liga quyidagicha:
1. APL – 87,9.
2-3. A Seriya – 86,2.
2-3. Bundesliga – 86,2.
4-5. La Liga – 85,1.
4-5. Liga 1 – 85,1.
6. Braziliya chempionati – 80,8.
7. Portugaliya chempionati – 80,1.
8. Belgiya chempionati – 79,2.
9. MLS – 78,2.
10. Chempionship – 77,6.