"Bavariya"ning yulduz vingeri klubda qolish niyati borligini ma’lum qildi
Myunxenning "Bavariya" klubi futbolchisi Leroy Sane hech qayerga ketishni istamasligini tan oldi.
28 yoshli futbolchining myunxenliklar bilan tuzgan mehnat shartnomasi 2025 yilning iyulida yakuniga yetadi. Tomonlar yangi kelishuvni muhokama qilmoqda.
"Maks Eberl bu haqda ko‘p gapirdi, men ham o‘z fikrimni bildirdim. Ishlar yaxshi ketyapti, ko‘ramiz. Endi men shunchaki maydonga chiqib, jamoamning g‘alabasiga yordam bermoqchiman. Ha, men qolishni xohlayman", - deydi futbolchi.