“Barselona” “Atletiko”ga qarshi o‘yin oldidan peshqadamidan ayrildi
"Barselona" La Liganing 18-turida "Leganes"ga sensasion tarzda mag‘lub bo‘ldi (0:1). Birinchi bo‘limda kataloniyaliklarning ispaniyalik vingeri Lamin Yamal jarohat oldi. Futbolchi jarohat olganiga qaramay, uchrashuvni davom ettirdi.
RAC1 xabariga ko‘ra, ispaniyalik futbolchining to‘pig‘i cho‘zilishi tashxisi qo‘yilgan. Futbolchi katta ehtimol bilan "Atletiko"ga qarshi o‘ynamaydi. Taxminan tiklanish muddati ikki hafta.
Ispaniya chempionatining 18 o‘yinidan so‘ng “Barselona” 38 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. “Atletiko Madrid”da ham shuncha ochko bor. Keyingi turda "Barselona" va "Atletiko" o‘zaro bahs olib boradi.