"Yuventus"ning sobiq direktori Moskvada ishlashdan manfaatdor emas
Federiko Kerubini "Spartak"da ishlashdan manfaatdor emas.
Avvalroq Moskva klubi moliyaviy firibgarlik uchun Italiya futbolidagi faoliyatidan chetlashtirilgan «Yuventus»ning sobiq funksioneriga sport direktori lavozimini taklif qilgani ma’lum bo‘lgandi.
Sport Ekspress xabariga ko‘ra, Kerubini bu taklifga ishtiyoq bildirmagan. U Yevropaning top-5 ligasida ishlamoqchi.
O‘z navbatida, bungacha "Roma"da ishlagan Mauro Leo "qizil-oqlar"ning taklifini jiddiy qabul qildi.