Arteta Jorjinyoni qadrlashini aytib o‘tdi
«Arsenal» bosh murabbiyi Mikel Arteta joriy mavsumda ko‘p o‘ynay olmayotgan yarim himoyachi Jorjinyo haqida gapirdi. Shu bilan birga, dam olish kunlarida Jorjinyo «Vest Xem»ga qarshi london derbisida 90 daqiqani maydonda o‘tkazdi.
«Men har doim aytamanki, Jorjinyoning asosiy sifati uning boshqa o‘yinchilarni yaxshiroq qilish qobiliyatidir. Men har doim unga tayyor bo‘lishi kerakligini aytdim, chunki u bizga kerak bo‘ladigan vaqt keladi. U eng yuqori darajada tayyorlanadi. Bizga o‘ynash kerak bo‘lganda, u tayyor. Uni «Napoli»da birinchi marta ko‘rganimda, uning murabbiy bo‘lishi mumkinligini aniq bilardim. Uning shunday qobiliyati bor», dedi Arteta jurnalistlarga.