London klubi Fransiya terma jamoasi futbolchisini maqsad qildi
«Vest Xem» «Lion»ning hujumkor yarim himoyachisi Rayan Sherkiga qiziqish bildirmoqda, deya xabar beradi «The Athletic».
Manbaga ko‘ra, 21 yoshli fransiyalik futbolchi «bolg‘achilar»ning transfer maqsadlaridan biri hisoblanadi.
«Vest Xem» o‘tgan yilning dekabr oyidan beri Sherkini kuzatib kelmoqda.
Sherkining «Lion» bilan shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.
Joriy mavsumda yarim himoyachi 14 uchrashuvda 3 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.