"Atletiko" "Barsa" bilan farqni 2 ochkogacha qisqartirdi
"Atletiko" barcha musobaqalarda qatorasiga 7-bor g‘alaba qozondi.
Diyego Simeone boshchiligidagi jamoa La Liganing 15-turidan o‘rin olgan uchrashuvda "Valyadolid"ni qabul qilib, 5:0 hisobida zafar quchdi.
Shu tariqa Madrid klubi ketma-ket 7 uchrashuvda umumiy 20:2 hisobida zafar quchdi.
"Atletiko" 15 o‘yinda 32 ochko to‘pladi va peshqadam "Barselona"dan farqni 2 ochkoga qisqartirdi va turnir jadvalida 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi.
"Real Madrid" hisobida 30 ochko va zaxirada 2 ta o‘yin bor.