Ukrainalik futbolchi Yamal, Mbappe va Vinisiusdan oldinda
Kataloniyaning “Jirona” klubining ukrainalik vingeri Viktor Sigankov Primeraning joriy mavsumida 16 ta kalit uzatmani amalga oshirdi. Bu ko‘rsatkichga ko‘ra, 27 yoshli futbolchi Ispaniya chempionatining eng yaxshisi hisoblanadi.
Sobiq "Dinamo" futbolchisi jarohati tufayli deyarli 2 oyni o‘tkazib yubordi va La Ligada bor yo‘g‘i 7 ta o‘yinda qatnashdi.
Uning ushbu reytingdagi eng yaqin raqobatchilari Lamin Yamal va Kilian Mbappe 15 tadan uzatma berishgan bo‘lsa, Vinisiusda bu 14 tani tashkil qildi.