Pike: "Messi har doim boshqalardan ajralib turgan, Krishtianu odamlarning eng zo‘ri"
Jerar Pike Lionel Messining o‘yiniga qoyil qolishini bildirdi.
- Qaysi futbolchi sizni ko‘proq hayratda qoldirdi?
- Messi har doim boshqalardan ajralib turgan. Krishtianu odamlarning eng zo‘ri, lekin Leo o‘zga sayyoralik, u bu sayyoradan emas.
Uning har kuni aql bovar qilmaydigan ishlar bilan shug‘ullanayotganini ko‘rdim, bunday tez fikrlash va qat’iyatli boshqa futbolchi yo‘q. U 13 yoshida kelgan va "Barselona" yoshlar jamoasida ham, asosiy jamoada ham xuddi shunday o‘ynagan", - deydi "Barselona"ning sobiq himoyachisi.