Rafinya Yamalga oltin dizayndagi 10 ming funtlik iPhone sovg‘a qildi
Rafinya Lamin Yamalga oltin iPhone sovg‘a qildi.
«Barselona» vingeri Kataloniya klubidagi sherigiga 10 000 funt sterlinglik buyurtma asosida ishlab chiqarilgan iPhone sovg‘a qildi.
Yamalga sovg‘a qilishiga uning 21 yoshgacha bo‘lgan eng yaxshi yosh futbolchi sovrinini qo‘lga kiritishi sabab bo‘ldi.
Yamalning ismi va familiyasi, shuningdek, uning o‘yin raqami smartfonning orqa tomonida o‘yib yozilgan.
«Bu ularning maydonda ham, maydon tashqarisida ham do‘stligidan dalolat edi», - deydi manba.