Rossiya Kubogi. "Rubin" SSKA bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev va Raxmonaliyev asosiy tarkibda maydonga tushdi
Rossiya kubogi 1/4 finalining 1-turida “Rubin” SSKAni qabul qildi.
Marvin Chunining 64-daqiqada Igor Diveevning xatosidan so‘ng urgan goli VARdan so‘ng to‘p "Rubin" futbolchisining qo‘liga tegib ketgani uchun bekor qilindi. Uchrashuv oxirida Diveevning qo‘polligi uchun SSKA darvozasiga ham penalti belgilandi va uni Vladislav Torop qaytarib qoldi.
Ushbu bellashuvda Abbos Fayzullayev 71 daqiqa, Umarali Raxmonaliyev esa 85 daqiqa maydonda harakat qildi.
"Rubin" – SSKA 0:0
6 noyabr, 20:30, «Ak Bars Arena»
"Rubin" – Staver, Nijegorodov, Vuyachich, Teslenko, Bezrukov, Rojkov, Apshasev (Ivu, 46), Yochich (Ivanov, 85), Raxmonaliyev (Chumich, 85), Chuni (Xodja, 80), Vada (Daku, 80).
SSKA – Torop, Moyzes, Villian, Diveev, Krugovoy, Xelven, Oblyakov (Guarirapa, 71), Zdyelar (Pyanich, 46), Fayzullayev (Bistrovich, 71), Musayev, Koyta (Shumanskiy, 84).
Ogohlantirishlar: Chuni (10), Zdyelar (17), Diveev (33), Vuyachich (34), Krugovoy (42), Teslenko (53), Xelven (90+1).