"Oltin to‘p" 2015 yildan buyon ilk bor 30 yoshdan past futbolchiga topshirildi
Uzoq vaqt davomida birinchi marta "Oltin to‘p" 30 yoshgacha bo‘lgan futbolchiga topshirildi.
Bugun o‘tgan mavsumning eng yaxshi futbolchisi sovrini "Manchester Siti"dan Rodriga topshirildi. Ispaniyalik futbolchi 28 yoshda.
Oxirgi marta hali o‘ttizga to‘lmagan futbolchi bu sovrinni 2015 yilda olgan edi. U 1987 yilda tug‘ilgan Lionel Messi edi.
Keyinchalik, "Oltin to‘p"ni argentinalik futbolchining o‘zi ham, Krishtianu Ronaldu, Karim Benzema va Luka Modrich ham qo‘lga kiritishdi va marosim vaqtida ularning har biri o‘ttiz yoshdan oshgan edi.