Ten Xag: "Bu mavsumda VAR uchinchi marta nohaq ishladi"
Erik ten Xag "Vest Xem" foydasiga (1:2) penalti belgilanishidan norozi.
"Joriy mavsumda biz uch marta adolatsizlikka duch keldik. Biz gol urishimiz kerak, biz ko‘p vaziyatlar yaratdik. 2:0 yoki 3:0 hisobida oldinda borishimiz kerak edi. 0:1 hisobida mag‘lub bo‘layotganingda, o‘yinga qaytish uchun kuchli xarakter kerak va jamoa buni ko‘rsatdi. Lekin penaltidan o‘tkazib yuborganimiz nohaq va insofsizlik.
O‘sha paytda biror narsani ko‘rish juda qiyin edi. Mavsum oldidan ko‘rsatma bor edi, VAR faqat aniq xatolarga aralashishi kerak.
Men hakamlar bilan gaplashdim, lekin qaror allaqachon qabul qilingan, ortga qaytish yo‘q, bu futbol. Bu mavsumda uchinchi marta adolatsizlikni his qilyapman va bu jamoamiz, natijalarimizga, shuningdek, jadvaldagi o‘rnimizga katta ta’sir ko‘rsatmoqda. Bu noto‘g‘ri", - dedi “Manchester Yunayted” bosh murabbiyi.