"Atletiko Madrid" UEFAga shikoyat qildi
"Atletiko Madrid" Chempionlar ligasi doirasidagi "Lill"ga qarshi o‘yindagi hakamlik bo‘yicha UEFAga murojaat qildi.
Diyego Simeone shogirdlari Chempionlar ligasi umumiy bosqichi 3-turi doirasidagi o‘yinda o‘z maydonida “Lill”ga imkoniyatni boy berib qo‘ydi (1:3).
Madrid klubi o‘z darvozasiga belgilangan penaltini nohaqqoniy deb hisoblamoqda, deb yozadi Marca.
Klub Guida xato qilganiga ishonadi va nima uchun VAR hakamlari bosh hakamni takroriy o‘yinni tomosha qilish va penaltini bekor qilish uchun chaqirmaganini tushunmaydi.
Ushbu vaziyat tufayli "Atletiko" UEFAga hakamlik ustidan rasman shikoyat qildi.