Kanisares: "Piter Lim hech narsaga qodir emas"
Ispaniyaning “Valensiya” klubi “Las-Palmas”dan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng, Ispaniya chempionati turnir jadvalida so‘nggi o‘ringa tushib ketdi.
Vaziyatni Chempionlar ligasi finalida o‘ynagan o‘sha shonli damlarda klub darvozaboni bo‘lgan Santyago Kanisares izohladi.
"Piter Lim (klub rahbari) hech narsaga qodir emas va bundan tashqari, takabbur ham.
Besh yildan beri u hech narsani tushuntirmaydi, "Valensiya"ni oyoqqa turgazmaydi, unga parvo ham bermaydi.
"Valensiya" butun obro‘sini yo‘qotdi, umid qilamanki, klubni saqlab qolish mumkin. Bu muvaffaqiyatsiz besh yillik reja, ayniqsa Mateu Alemanining ishdan bo‘shatilishini hisobga olsak", - dedi Kanisares.