Varan sobiq klubi rahbariyatiga ishga kirdi
Rafael Varan «Komo» direktorlar kengashi a’zosi bo‘ldi.
Avvalroq, 31 yoshli fransiyalik futbolchi Italiya klubida bitta o‘yin o‘tkazib, professional faoliyatini yakunlagandi.
Faoliyati davomida himoyachi «Lans», «Real», «Manchester Yunayted» va Fransiya terma jamoasida o‘ynagan. U 4 marta Chempionlar ligasida g‘olib chiqdi va 2018 yilda jahon chempioni bo‘ldi.
«Komo»da Varan yosh futbolchilarni rivojlantirish, ta’lim va innovasion mahsulotlar bo‘yicha maslahat beradi.
Klub yetti turdan keyin sakkiz ochko jamg‘argan holda A Seriyada 14-o‘rinda bormoqda.