Fergyuson o‘zi uchun unutilmas joyga borishi mumkin
Yaqinda matbuotda Aleks Fergyuson haqida bir qancha xabarlar paydo bo‘ldi.
Avvaliga "Manchester Yunayted" shotlandiyalikning elchi sifatidagi faoliyati uchun pul to‘lashdan bosh tortgani, keyinroq Ser Aleksning kiyinish xonasiga kirishi taqiqlangani xabar qilingandi.
Endi Fergyusonga Rossiyadan taklif tushdi. Shotlandiyalik mutaxassisga taktik laboratoriyani boshqarish taklif etildi.
Shuningdek, "Manchester Yunayted"ning sobiq murabbiyiga Moskvada "Lujniki" stadioni atrofidagi kvartirani ijaraga olish taklif etiladi.
Ser Aleks 2008 yilda ushbu arenada "qizil iblislar" bilan Chempionlar ligasi kubogini qo‘lga kiritgan. O‘sha finalda “Manchester Yunayted” “Chelsi”ni penaltilar seriyasida mag‘lub etdi.