Dorival Junior: "Braziliya shakllanish bosqichida"
Dorival Junior Peru mag‘lubiyatga uchratilgandan so‘ng (4:0) Braziliya terma jamoasiga yuqori baho berdi.
"Birinchi bo‘limda raqiblar bor kuchlari bilan himoyalanishdi, biz esa yechim topish uchun bor kuchimiz bilan harakat qildik.
O‘yin ko‘ngildagidek kechmadi va biz bunga tayyorgarlik ko‘rdik. Biz baribir muhim gol urishga muvaffaq bo‘ldik.
Keyin esa raqib o‘ziga keldi va barcha xohlaganimizni qilishimizga imkon berdi. Men nafaqat ikkinchi bo‘limdan, balki butun o‘yindan mamnunman.
Bu jamoa shakllanish bosqichida ekanligini va tuzatilishga muhtojligini anglab yetishimiz kerak. Jamoa o‘zgaradi - bu haqiqat. Bundan ham yaxshiroq o‘yinlar o‘tkazamiz", – Junior.