Argentinalik hujumchi "Barselona"da o‘ynashni niyat qilgan
Sankt-Peterburgning "Zenit" klubi hujumchisi Lusianu Gondu Yevropaning qaysi klubida o‘ynashni istayotganini aytdi.
"Zenit" kuchli jamoa va u yana go‘zal shaharda joylashgan. Lekin mening bolalik orzum bor: men doim Messiga ergashganman, shuning uchun kelajakda "Barselona"da o‘ynashni xohlayman", - deya futbolchining so‘zlarini keltiradi Sport-Ekspress sahifalarida.
Eslatib o‘tamiz, Gondu yozgi transfer oynasida Sankt-Peterburg klubi safiga qo‘shilgan edi. "Ko‘k-oqlar" hujumchini "Argentinos Xuniors"dan 12 million yevro evaziga sotib oldi. Joriy mavsumda Lusiano "Zenit" safida oltita o‘yinda maydonga tushib, to‘rtta gol urdi.