Fyullkrug uch oyga safdan chiqdi
"Vest Xem" hujumchisi Niklas Fyullkrug juma kuni Angliya kubogi doirasida "Aston Villa"ga qarshi o‘yinda atigi 15 daqiqa o‘ynadi.
German Sky nashrining xabar berishicha, 31 yoshli germaniyalik futbolchiga son suyaklari paylari shikastlangani tashxisi qo‘yilgan. Fyullkrug uzoq muddatga safdan chiqdi va tiklanish uchun taxminan uch oy kerak bo‘ladi.
Shu tariqa, hujumchi faqat aprel oyida yana maydonga tusha oladi. 2024/2025 yilgi mavsumda Niklas Fyullkrug 11 o‘yin o‘tkazib, ikki gol urdi va jamoadoshiga bitta golli uzatma berdi.