Feliksning kelajagi bo‘yicha bir qarorga kelindi
"Chelsi" hujumchisi Joau Feliks ushbu qishda jamoani tark etmaydi. Bu haqda «MailSport» xabar berdi.
25 yoshli portugaliyalik futbolchi o‘tgan yozda "Atletiko"dan 52 million yevroga londonliklar safiga o‘tgan edi. Uning shartnomasi 2031 yilning 31 iyunigacha mo‘ljallangan.
Feliks joriy mavsumda 17 ta o‘yinda 5 ta gol urdi va 2 ta assist berdi.