"Chelsi" Qozog‘istonga tashrif buyurgan muxlislar uchun maxsus sovg‘alarni taqdim etdi
"Chelsi" Konferensiyalar ligasi umumiy bosqichi 5-turi doirasida Qozog‘istonning "Astana" jamoasiga (3:1) qarshi o‘yinda jamoasini qo‘llab-quvvatlagan muxlislariga minnatdorchilik bildirdi.
Ma’lum qilinishicha, o‘yinga 500 ga yaqin muxlis tashrif buyurgan va klub ularning har biriga esdalik breloklarini sovg‘a qilgan.
Sovg‘aga "Stemford Bridj"dan Olmaota markaziy stadionigacha bo‘lgan masofa o‘yib yozilgan – 3485 mil (bu 5609 km).
“Chelsi” – “Astana” uchrashuvida hujumchi Mark Giu 14-daqiqada gol urdi. 19-daqiqada "Astana" himoyachisi Aleksandr Marochkin to‘pni o‘z darvozasiga yo‘lladi va keyinchalik bu gol Giu hisobiga yozildi. 39-daqiqada “Chelsi” futbolchisi Renato Veyga hisobni yirik ko‘rinishga keltirdi. 45-daqiqada “Astana” hujumchisi londonliklar darvozasini ishg‘ol qildi.