Mbappe jamoaviy kechki ovqatni o‘tkazib yubordi
Madridning “Real” klubi hujumchisi Kilian Mbappe isitma sabab "Los-Blankos"ning futbol va basketbol jamoalarining birgalikdagi kechki ovqatini o‘tkazib yubordi.
Manba bergan xabarga ko‘ra, fransuz futbolchisi kasalligi tufayli qolgan futbolchilar bilan kasal bolalarga sovg‘a topshirish uchun kasalxonaga bora olmagan. Ta’kidlanishicha, Mbappening hozirgi maqsadi 18 dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan Qit’alararo Kubok finaliga sog‘ayib olish.
25 yoshli hujumchi Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 6-turida Italiyaning “Atalanta” klubiga (3:2) qarshi o‘yinda olgan jarohatidan ham reabilitasiya jarayonini o‘tkazmoqda.