Barella "Inter" bilan trebl yutmoqchi
"Inter" yarim himoyachisi Nikolo Barella orzusi haqida gapirdi.
"Men Chempionlar ligasida g‘alaba qozonishni xohlardim, finalda mag‘lub bo‘lganimdan keyin bu haqda orzu qilaman. Ha, ko‘plab o‘yinchilar allaqachon ketishgan, ammo asosiy o‘zgarishsiz qolmoqda. Ha, biz A Seriyani unuta olmaymiz, bu hali ham nihoyatda muhim, ammo treblni qo‘lga kiritgan jamoalar ko‘p, biz ham buni uddalay olamiz. Buning uchun bizda hamma narsa bor, harakat qilamiz. Meni bu klubda muhim ish qilgan futbolchi sifatida eslab qolishni istardim", - deya Barella so‘zlarini keltiradi DAZN.
27 yoshli Barella joriy mavsum "Inter" safida 16 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.