"Fiorentina" o‘z futbolchisining salomatligi haqida rasmiy bayonot berdi
"Fiorentina" Edoardo Bove borasida rasmiy bayonot berdi.
Eslatib o‘tamiz, 22 yoshli futbolchi “Inter” bilan o‘yinda hushini yo‘qotib, darhol maydondan shifoxonaga olib ketilgan, o‘yinning o‘zi esa qoldirilgan edi.
Ta’kidlanishicha, Bove yurak tutilishi bilan epileptik tutqanoq tutgan. Endi uning hayoti xavf ostida emas.
Dastlabki tekshiruvlar asab va kardiorespirator tizimlarga zarar yetmaganligini ko‘rsatdi. Futbolchi keyingi 24 soat ichida qayta tekshiriladi.
Hozirda Edoardo Bove kuchli sedativlar bilan intensiv terapiya bo‘limida.