Tchuameni «Atletik» bilan o‘yinga qaytadi
«Real Madrid» yarim himoyachisi Orelyen Tchuameni jarohatidan tuzalishga yaqin turibdi.
Xabarlarga ko‘ra, 24 yoshli fransuz dushanba kuni umumiy guruh mashg‘ulotlariga qaytadi va hafta o‘rtasidagi «Atletik Bilbao» bilan o‘yinga tayyor bo‘ladi.
«Atletik» - «Real» uchrashuvi 4 dekabr tunda bo‘lib o‘tadi.