Flik Gvardiolaga omad tiladi
"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik "Manchester Siti"ning hozirgi faoliyatidagi pasayish haqidagi savolga javob berdi. So‘nggi olti uchrashuvda Xosep Gvardiola shogirdlari besh marta mag‘lubiyatga uchragan va bir marta durang qayd etgan.
"Men doim aytamanki, men o‘z jamoamga e’tibor qarataman va boshqalar haqida o‘ylamayman. Ularning o‘z muammolari bor, ularni tahlil qila olmayman, bu noto‘g‘ri. Lekin Pepga eng yaxshi tilaklarimni tilayman. Umid qilamanki, keyingi o‘yin uning uchun eng yaxshisi bo‘ladi", - deya Flik so‘zlarini keltiradi Marca.com
Ertaga, 1 dekabr kuni “Manchester Siti” Angliya Premyer-ligasining 13-turi doirasida “Liverpul”ga qarshi maydonga tushadi.