De la Fuente Asensio borasida shoshilmoqchi emas
Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente «Real» himoyachisi Raul Asensioning so‘nggi muvaffaqiyatlarini yuqori baholadi.
21 yoshli futbolchi ko‘plab jarohatlar tufayli "Kastilya"dan "Los-Blankos" asosiy jamoasiga o‘tdi.
Madrid grandi safida uchta o‘yin o‘tkazgan ispaniyalik futbolchi o‘z o‘yinlari bilan olqishlarga sazovor bo‘ldi.
“Asensio? Biz uni kuzatib turamiz. Ammo biz shoshqaloqlik bilan harakat qilishni xohlamaymiz. Uning muvaffaqiyatli o‘yini "Real Madrid", ispan futboli va o‘zi uchun yaxshi yangilik", - dedi de la Fuente.