Kasado: "Yamalning qilayotgan ishlaridan hayratdaman"
"Barselona" yarim himoyachisi Mark Kasado 17 yoshli jamoadoshi Lamin Yamal haqida gapirdi.
21 yoshli futbolchi yosh vingerning o‘yini jamoadagi barchani hayratda qoldirishdan to‘xtamasligini tan oldi.
"Men Yamalning qilayotgan ishlaridan hayratdaman va gap uning yoshida ham emas. Agar u 25 yoshda bo‘lsa ham, men hayratda qolgan bo‘lardim. Mashg‘ulotlarda hammamiz uning harakatlarini hayrat bilan tomosha qilamiz", - deya Kasado so‘zlarini keltiradi Barca Universal.