Makginn Lou va Dalglishga yetib olmoqchi
Shotlandiya terma jamoasi Millatlar ligasining 5-tur uy uchrashuvida Xorvatiyani 1:0 hisobida mag‘lub etdi.
Mezbonlar yarim himoyachisi Jon Makginn 86-daqiqada gol urdi va shu tariqa milliy terma jamoadagi 19-golini kiritdi. Bu borada Denis Lou, Kenni Dalglish (ikkalasi ham 30 tadan gol) va Gyui Gallaker va Louri Reyli (ikkalasi ham 23 tadan gol) eng ko‘p gol urishgan.
30 yoshli Makginn 2016 yilning noyabr oyida Shotlandiya terma jamoasida debyut qilgan. Bu mavsumda u «Aston Villa» safida 13 ta o‘yinda 1 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.