Rodri: "O‘tgan mavsumda men eng barqaror o‘yinchi bo‘ldim"
Rodrining fikricha, u “Oltin to‘p”ni barqaror o‘yini tufayli qo‘lga kiritgan.
"Manchester Siti" yarim himoyachisi o‘tgan mavsum yakunida Vinisiusni ortda qoldirib, sovrinni qo‘lga kiritdi.
"O‘ylaymanki, men futboldagi eng qiyin narsa bo‘lgan barqarorligim tufayli g‘alaba qozondim. O‘tgan mavsumda men eng barqaror o‘yinchi bo‘ldim. Men har doim ham yuqori o‘rinlarda bo‘lmagandirman, lekin muntazam o‘ynaganman.
Jamoa bilan g‘alaba qozonish, muhim daqiqalarda ishtirok etish va hal qiluvchi o‘yinni takrorlash juda qiyin. Lekin, nazarimda, men ham xuddi shunday darajani ko‘rsatdim", dedi Rodri.