«Oltin to‘p» g‘olibi qanday aniqlandi?
"France Football" jurnali 2024 yilgi erkaklar o‘rtasidagi «Oltin to‘p» g‘olibini aniqlash tizimiga o‘zgartirish kiritdi.
FIFA reytingida top-100ga kirgan mamlakatlardan bir nafardan jurnalist tanlab olindi. Nashr ekspertlari esa sovringa nomzod bo‘lgan 30 futbolchi ro‘yxatini ularga taqdim etib, shular orasida 10 nafarini tanlab berishni so‘ragan. Ammo negadir ko‘pgina jurnalistlar, talabni tushunmagan shekilli, faqat 3 nafar o‘yinchi tanlash bilan kifoyalangan (hatto bir futbolchini tanlagan jurnalistlar ham bo‘lgan).
Futbolchilarga esa o‘rinlardan kelib chiqib quyidagicha ball berilgan:
1-o‘rin — 15 ball
2-o‘rin — 12 ball
3-o‘rin — 10 ball
4-o‘rin — 8 ball
5-o‘rin — 7 ball
6-o‘rin — 5 ball
7-o‘rin — 4 ball
8-o‘rin — 3 ball
9-o‘rin — 2 ball
10-o‘rin — 1 ball
Yakuniy hisob-kitoblar natijasida "Manchester Siti" yarim himoyachisi Rodri eng ko‘p ball to‘plab, "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritdi.