Saka rekord sari odimlamoqda
"Arsenal" vingeri Bukayo Saka golli uzatmalar bo‘yicha Angliya Premyer-ligasi rekordini yangilash niyatida.
23 yoshli ingliz futbolchisi “Vest Xem”ga qarshi o‘yinda (5:2) ikki marta jamoadoshlariga assistentlik qildi va bir marta o‘zi ham gol urdi.
Chempionatning 13-turidan so‘ng Saka allaqachon o‘nta golli uzatmaga ega bo‘ldi – Premyer-liga rekordini takrorlash uchun qolgan 25 turda ham xuddi shunday raqamni qayd etishi kerak. Shunga ko‘ra, yagona rekordchi bo‘lish uchun "kanonirlar" hujumi yetakchisi joriy mavsumda yana 11 ta golli uzatmani amalga oshirishi kerak.