Vyeri: "Inter" yutishi kerak edi"
Mashhur sobiq hujumchi Kristian Vyeri "Inter" - "Yuventus" (4:4) uchrashuvidagi durang haqida fikr bildirdi.
"Ajoyib o‘yin, bu mavsum A Seriyadagi eng yorqin o‘yini bo‘ldi. “Inter”ning hafsalasi pir bo‘lgani aniq, beshinchi golni urish uchun to‘rt-beshta imkoniyat boy berildi. Peshqadam bo‘lganingizda o‘yinlarni g‘alaba bilan tugatish imkoniyatiga ega bo‘lishingiz kerak, aks holda raqibda gol urish va ortga qaytishga imkon berish har doim mumkin bo‘lib qoladi", — dedi “Yuventus”da ham, “Inter”da ham o‘ynashga muvaffaq bo‘lgan Viyeri.